Haftalikdan koʻzlangan maqsad yoshlarni taʼtil vaqtida viloyatning diqqatga sazovor joylariga sayohatlarini tashkil etish chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.
Shuningdek, haftalik davomida madaniy meros obektlari, teatr va kinoteatrlarga yoshlarning jamoaviy tashriflarini tashkil qilish, tariximizni jonli koʻrsatuvchi teatrlashtirilgan tomoshalar namoyishini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.