Masalan, Turkiston mahallasida yashovchi G'iyos Jo'raqulov tadbirkorlik bilan shug'ullanish istagi borligi, ammo kredit olishda muammolarga duch kelayotganini aytdi. Mazkur murojaat tegishli mutasaddilar tomonidan nazoratga olinib, unga 15 million so'm kredit ajratish yuzasidan kerakli hujjatlar rasmiylashtirildi.
Gulrux Toshmatovaning bemor farzandini davolatish uchun 5 million so'm moddiy yordam beriladigan bo'ldi.
Sherali Turobov ko'p yillaridan buyon oyoqda yurolmaydigan bo'lib qolgan. U davolanishi uchun mablag' masalasida qiynalib yurganini bayon etdi. Viloyati hokimi murojaatni shaxsan tinglab, fuqaroga yordam sifatida 25 million so'm mablag' ajratilishini aytdi.
Jahongir Sobirov IT sohasiga qiziqadi. Bo'sh vaqtida uyida mustaqil shug'ullanishi uchun komp`yuteri yo'q. U shu masalada viloyat hokimiga murojaat qildi. Jahongir uyiga xursand bo'lib qaytadigan bo'ldi. endi uning ham uyida shaxsiy komp`yuteri bo'ladi.
Jarayonda shu kabi ko'plab murojaatlarga imkon qadar ijobiy echim topildi.