O.Tursunov 1984 — yilda Andijon viloyati Andijon shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. 2007-yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan.
O. Tursunov mehnat faoliyatini 2004-yilda Andijon shahar “Sanoat qurilish temp” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼminotchisi vazifasidan boshlagan. Faoliyati davomida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Hududlarni kompleks rivojlantirish departamenti direktori oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari D. A. Kuchkarovning kotibiyatining bosh mutaxassisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi kabi masʼuliyatli lavozimlarda ishlagan.
Tayinlovga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot, sanoat, moliya-bank, soliq, davlat aktivlari, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati mudirining oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.