Mamlakatimizda 13 yildan beri o'tkazilib kelinayotgan ushbu musobaqada barcha viloyatlar hamda qo'shni Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'izistondan kelgan 900 nafar sportchi ishtirok etdi.

Bahslar yoshlar, o'smirlar, kattalar o'rtasida taekvondoning ikki ommaviy yo'nalishlarida kechdi.

Olimpiya sport turi bo'lgan taekvondoni ommalashtirish maqsadida o'tkazilgan ushbu musobaqada Toshkent viloyatining yosh sportchilari 7 ta oltin hamda 1 ta kumush medalni qo'lga kiritdi, deya xabar beradi Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati.