Maʼlumotlarga nazar tashlaydigan boʻlsak, joriy yil boshidan buyon hozirgi kunga qadar viloyat hududida fotoradarlar orqali jami 457828 ta tezlikni meʼyoridan oshirib transport vositasini boshqarganlik holatlari aniqlangan. Bu koʻrsatgich respublikaning boshqa hududlariga qaraganda ancha yuqori hisoblanadi.

Qoidabuzarlik sodir etgan transport vositalarining roʻyxatda turish manzili boʻyicha tahlillarga nazar tashlaydigan boʻlsak:

Toshkent shahrida roʻyxatda turuvchi transport vositalari - 208866 ta qoidabuzarlik;

Toshkent viloyatida roʻyxatda turuvchi transport vositalari - 116053 ta qoidabuzarlik;

Sirdaryo viloyatida roʻyxatda turuvchi transport vositalari – 15014 ta qoidabuzarlik;

Jizzax viloyatida roʻyxatda turuvchi transport vositalari – 11337 ta qoidabuzarlik;

Samarqand viloyatida roʻyxatda turuvchi transport vositalari – 16280 ta qoidabuzarlik;

Fargʻona viloyatida roʻyxatda turuvchi transport vositalari – 23953 ta qoidabuzarlik;

Namangan viloyatida roʻyxatda turuvchi transport vositalari – 16460 ta qoidabuzarlik;

Andijon viloyatida roʻyxatda turuvchi transport vositalari – 14850 ta qoidabuzarlik;

Qashqadaryo viloyatida roʻyxatda turuvchi transport vositalari – 13147 ta qoidabuzarlik;

Surxondaryo viloyatida roʻyxatda turuvchi transport vositalari - 6301 ta qoidabuzarlik;

Buxoro viloyatida roʻyxatda turuvchi transport vositalari - 5994 ta qoidabuzarlik;

Navoiy viloyatida roʻyxatda turuvchi transport vositalari – 3432 ta qoidabuzarlik;

Xorazm viloyatida roʻyxatda turuvchi transport vositalari – 3079 ta qoidabuzarlik;

Qoraqalpogʻiston Respublikasida roʻyxatda turuvchi transport vositalari - 1649 ta qoidabuzarlik sodir etib tezlik meʼyoriga amal qilmagan.

Boshqa hududlarda roʻyxatda turuvchi transport vositalari jami qoidabuzarliklarning 75 foizini tashkil etishi tahlillardan maʼlum boʻlmoqda.

Toshkent viloyati hududidagi avtomobil yoʻllarida radarlar tezlikni nazorat qilishda davom etadi.