Bu haqda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev “Hokimlik soati”da viloyat mutasaddilariga topshiriq berdi.
Viloyat transport boshqarmasi aholi fikrini oʻrganib, uning asosida viloyatning maʼmuriy markazi Nurafshon shahrini viloyatning barcha shahar va tumanlari bilan bogʻlaydigan yangi avtobus yoʻnalishlarini tashkil etadi.
Qayd etilishicha, yangi tashkil etilayotgan yoʻnalishlar uchun Nurafshon shahri yoʻlovchi transportining logistika markazi boʻladi.