Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu jinoyat ishi JPKning 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora koʻrilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida koʻrib chiqildi.
Sud hukmiga muvofiq, M.J. voyaga yetmagan Z.D.ga (2010-yilda tugʻilgan) nisbatan JKning 118-moddasi (nomusga tegish) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 15-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
“Bundan tashqari, sud tomonidan JPKning 417-moddasi tartibida M.J.ga oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan shaxsning nomusiga tegish uchun shart–sharoit yaratib bergan Sh.A., M.Z. va F.M.ga nisbatan JKning 131-moddasi (qoʻshmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) 4-qismi «a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatish masalasini hal qilish uchun Boʻstonliq tumani prokuroriga xabar yuborildi», - deyiladi xabarda.