Ammo ushbu dastur doirasidagi mablagʻlarni notoʻgʻri sarflash va talon-toroj qilish holatlari uchrab turibdi.

Viloyat prokuraturasining maʼlum qilishicha, ATB “Hamkorbank” va ATB “Xalq banki” mansabdor shaxslari dastur doirasida ajratilgan 1,6 mlrd. soʻm imtiyozli kredit mablagʻlarini maqsadsiz sarflab, talon-toroj qilganlari aniqlangan.

Ushbu holatlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Mazkur yoʻnalishlarda imtiyozli kreditlarning ajratilishi, ulardan oqilona va samarali foydalanish borasida oʻtkazilgan oʻrganishlarda aniqlangan qonunbuzilishi holatlari yuzasidan keskin choralar koʻrib kelinmoqda.