Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, Qibray tumanida sodir boʻlgan YTH yuzasidan maʼlumot berildi.

2023-yil 11-avgust kuni soat taxminan 15:00 larda Qibray tumani hududidan oʻtgan 4R6 "Toshkent-Chirchiq-Chimyon" avtomobil yoʻlining 10- km.da, haydovchi 2005-yilda tugʻilgan  M.Z. (Haydovchilik guvohnomasiga ega emas) boshqaruvidagi onasiga tegishli boʻlgan "Spark"da Toshkent-Chirchiq yoʻnalishida harakatlanib ketayotgan vaqtida yoʻlning xavfli burilish qismida rul boshqaruvini yoʻqotib yoʻl chetidagi daraxtga urilib yoʻl transport hodisasi sodir etgan.

Olgan tan jarohatlari oqibatida haydovchi voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, avtomobilning old oʻrindigʻida boʻlgan 2005-yilda tugʻilgan yoʻlovchi tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Qibray tumani IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.