Oʻtgan yili viloyatda 68 ming 269 nafar, shundan, 35 ming 304 nafar oʻgʻil bola, 32 ming 965 nafar qiz bola dunyoga kelgan.

Nikohlar soni boʻyicha Qibray (1 ming 791), Zangiota (1 ming 708) va Yangiyoʻl (1 ming 690) tumanlari yetakchilik qilgan. Eng koʻp ajrim Qibray tumani (286), Chirchiq shahri (240) va Yangiyoʻl tumani(202) da qayd etildi.

Tugʻilganlik holatlari tuman va shaharlar boʻyicha tahlil qilinganda, eng koʻp tugʻilish Zangiota tumanida (4 ming 774 nafar), eng kami esa Ohangaron shahrida (1 ming 21 nafar) kuzatildi.

Turli oilaviy kelishmovchiliklar sababli ajrimlar soni 2020-yilda 2 ming 959 tani tashkil etdi.

2019-yilning shu davriga nisbatan tuzilgan nikohlar soni 2020-yilda 605 taga, ajrimlar soni esa 634 taga kamaygan.

DXA Toshkent viloyati boshqarmasi

Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boʻlimi