Toshkent viloyati hokimligining xabar berishicha, ushbu ajratib berilgan nuqtalarda mikro gidroelektr stansiyalarni qurish uchun tashabbuskorlarni aniqlash maqsadida yer maydonlari auksion savdoga chiqariladi.
Mikro gidroelektr stansiyalar Piskent, Ohangaron, Bekobod, Yuqori Chirchiq, Boʻstonliq, Qibray, Chinoz, Boʻka, Yangiyoʻl, Zangiota tumanlari va Angren, Olmaliq, Bekobod, Chirchiq shaharlarida quriladi.
Maʼlumot uchun, bundan avval viloyatda 43 ta mikroGES qurilishi uchun yer maydonlari ajratish toʻgʻrisida viloyat hokimining tegishli qarori imzolangan edi.
Aytish mumkin, 264 ta nuqtada mazkur inshootlarni qurish uchun aniq hududlar belgilab olingan boʻlsa, shu kunga qadar, 102 ta hududda kichik GESlar qurilishi uchun yer maydonlari ajratilgan, hozirda qurilish ishlari boshlangan.


