Qayd etilishicha, viloyat hokimining qarorida keltirilishicha, Toshkent viloyati shahar va tumanlari hududida 45 ta yangi mikro gidroelektr stansiya (GES) qurish uchun 3,23 gektar yer maydoni ajratilgan.
Mazkur qaror orqali mikro GESlar qurilishi uchun belgilangan joylar asosan tabiiy suv oqimlari, kanallar va irrigatsiya tizimlari boʻylab joylashgan. Bu esa katta mablagʻlarsiz ham energiya ishlab chiqarish imkoniyatini yaratadi.
Mikro gidroelektr stansiyalar, katta masshtabda quriladigan GESlardan farqli ravishda, ayniqsa, qishloq joylarda elektr taʼminoti barqarorligini oshirish, yangi ish oʻrinlari yaratishga xizmat qiladi, — deyiladi xabarda.


