Toshkent viloyatida 958 ta referendum uchastkasi tashkil etiladi

    Okrug komissiyasi huzurida matbuot markazi tashkil etilib, a'zolari tasdiqlandi.

    Nurafshon shahrida O'zbekiston Respublikasi referendumini o'tkazuvchi 10-Toshkent viloyati okrug komissiyasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Bu haqida okrug komissiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

    Dastlab okrug komissiyasi raisi Ulug'bek To'xtayev komissiya a'zolariga guvohnomalarni topshirdi. Kun tartibidagi tashkiliy masalalar ko'rib chiqildi. Komissiya a'zolariga faoliyatini samarali tashkil etish va referendum bo'yicha aholi bilimlarini yanada oshirish borasida so'z yuritildi.

    Shundan so'ng O'zbekiston Respublikasining “O'zbekiston Respublikasi Referendumi to'g'risida”gi Qonunining 20-moddasiga asosan okrug komissiyasi majlisiga tuman-shahar hokimlari tomonidan taqdim etilgan referendum uchaskalari bo'yicha taqdimnomalari muhokamaga qo'yildi.

    Ma'lumot uchun Toshkent viloyati bo'yicha jami 958 ta referendum uchastkalari tashkil etiladi.

    Okrug komissiyasi huzurida matbuot markazi tashkil etilib, a'zolari tasdiqlandi.