Bu haqda viloyat IIBB YHXB xabar berdi.
Shu yilning 26-avgust kuni soat 15:30 larda Toshkent viloyati Zangiota tumani “Qirguzar” MFY Nazarbek temir yoʻli koʻprigi ostida “Turkiston-Toshkent”yoʻnalishida harakatlanib ketayotgan haydovchi 1990-yilda tugʻilgan U. M. boshqaruvidagi “Damas” rusumli transport vositasining salon qismida yongʻin kelib chiqqan.
Yongʻin natijasida avtomobil toʻliq yonib ketgan. Haydovchi avtomobildan tushib qolgan. (Harakat vaqtida avtomobilda yoʻlovchi boʻlmagan)
Yongʻin oqibatida hech qaysi harakat ishtirokchisi sogʻligʻiga ziyon yetmagan.
Hozirda holat yuzasidan Zangiota tumani FVB YOXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.