Toshkent viloyatida fuqarolar “Ijtimoiy karta”dan foydalanishni boshladi

    Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Yangiyoʻl tumanida tajriba tariqasida 2024-yil 1-dekabrdan ijtimoiy yordam oluvchi fuqarolar uchun “Ijtimoiy karta” joriy etish belgilangan edi.

    Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan tizimni raqamlashtirish, ijtimoiy xizmatlar turi va sifatini oshirish borasida samarali ishlar tashkil qilinmoqda.

    Xususan, Prezidentning 2024-yil 18-iyuldagi tegishli qaroriga muvofiq joriy etilgan “Ijtimoiy karta” axborot tizimi ham ayni yoʻnalishdagi muhim yangilik hisoblanadi.

    Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Yangiyoʻl tumanida tajriba tariqasida 2024-yil 1-dekabrdan ijtimoiy yordam oluvchi fuqarolar uchun “Ijtimoiy karta” joriy etish belgilangan edi.

    “Ijtimoiy karta” bir vaqtning oʻzida ham toʻlov vositasi, ham ehtiyojmand toifaga mansublik tasdigʻi hisoblanadi. Natijada 72 turdagi ijtimoiy xizmatlar, 76 turdagi yordam va 200 ga yaqin imtiyoz yagona elektron tizimga umumlashtiriladi.

    Ayni vaqtda Yangiyoʻl tumanida fuqarolar “Ijtimoiy karta”dan foydalanmoqda. Respublikaning qolgan barcha hududlarida ham shu yilning 1-iyulidan boshlab, mazkur loyiha tatbiq qilinadi.

    Ijtimoiy kartani berish va undan foydalanish uchun arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi, “Inson” ijtimoiy xizmat markazlari orqali topshirishi mumkin.