– Birinchi navbatda 65 yoshdan kattalar, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish xavfi yuqori boʻlgan tibbiyot xodimlari, oʻqituvchilar va ichki ishlar xodimlari emlanadi, – deydi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining viloyat boshqarmasi rahbari A.Satibaldiyev.
Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, viloyatda 169 mingdan ortiq 65 yoshdan katta fuqarolar, 47 ming nafardan ziyod tibbiyot xodimlari, 50 ming 332 nafar maktab oʻqituvchilari, 16 ming 923 nafar MTT tarbiyalanuvchilari – jami 728 ming 689 nafar fuqaro emlanishi koʻzda tutilgan.
Emlash jarayonini samarali oʻtkazish uchun, viloyatda 348 ta emlash punktlari va 60 ta harakatdagi tibbiy brigada shay holatga keltirilgan.
Markazdan va aholi yashash punktlaridan uzoqda joylashgan hududlardagi emlash punktlariga 53 ta avtotransport vositalari biriktirilgan. Viloyat boʻyicha 331 ta vrach, 623 nafar vaksinatorlar va ularning dublyorlari, 597 nafar registratorlar jalb qilingan.
Emlashdan soʻng nojoʻya reaksiyalar aniqlangan holatda shoshilinch yordam koʻrsatadigan shifoxonalar va reanimatolog vrachlar belgilash toʻgʻrisidagi punktlariga 108 nafar reanimatologlar biriktirildi.
Eslatib oʻtamiz, emlanish jarayonlaridan avval, fuqarolar terapevt shifokori nazoratidan oʻtishlari zarur!