«Uzbekistan.travel» portalining yozishicha, «Offroad MIX Challenge» poygasi «Offroad Travel Club» kompaniyasining mualliflik loyihasi hisoblanadi.

Poyga maxsus tayyorlangan, signal tasmasi bilan belgilangan va  bir necha bo'limlarni o'z ichiga olgan yopiq  trassada o'tkaziladi.

O'z  navbatida,  ishtirokchilar  «Light» va «Ekstremal» toifalariga bo'linadi.  «Light» toifasida 4x4 g'ildiraklar joylashuviga ega bo'lgan  har qanday avtomobillar avtomobillar  ishtirok  etishi mumkin. «Ekstremal» toifasida ramalik  avtomobillar  va g'ildirak  o'lchami 29 dyuymdan ortiq bo'lgan, «maxsus tayyorlangan» ramkasi bo'lmagan  avtomobillar ishtirok etadi.

 Musobaqa ishtirokchilari eng qisqa vaqt ichida 2 aylanani bosib  o'tishlari va yo'nalish chizig'idan tashqaridagi maxsus hududlarda  joylashgan «nuqtalarni» zabt etishlari lozim bo'ladi.

 Mashrut tabiiy rel`ef bo'ylab o'tadi va xavfli burilishlar,  tepalik va nishabliklar, qarama-qarshi qiyaliklar va boshqa tabiiy  to'siqlarni o'z ichiga oladi.