Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent viloyati, Oqqoʻrgʻon tumani, “Birlik” mahallasida joylashgan novvoyxonalarning biri hovlisida joylashgan hojatxonaga 2023-yilda tugʻilgan qizcha ehtiyotsizlik va nazoratdan chetda qolganligi sababli tushib ketgan.

Xabarga asosan aytilgan manzilga favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruv guruhi yetib borgan. Qutqaruv guruhining saʼy harakatlari bilan qizcha hojatxonadan sogʻ-salomat olib chiqilgan.

Shundan soʻng qizchaga tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida shifoxonaga olib borilib, tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan.