Jumladan, viloyatda faoliyat yuritayotgan jami 16 ming 382 ta qishloq xoʻjaligi korxonalari, fermer va dehqon xoʻjaliklari tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirilmoqda.
Mazkur soha tarmoqlarida 230 ta loyiha uchun 2 milliard 231,1 million soʻm investitsiya oʻzlashtirilishi natijasida 6 ming 013 ta ish oʻrinlari yaratilishi belgilangan.
Viloyatda mavjud jami sugʻoriladigan 293,8 ming gektar maydonlarda suv bilan taʼminlanish darajasini hisobga olgan holda qishloq xoʻjaligi ekinlari joylashtirilgan. Jumladan viloyat boʻyicha, gʻoʻza 72 ming 161 gektar, gʻalla 106,5 ming gektar, sabzavot 27,8 gektar, kartoshka 6,4 ming gektar, ozuqa ekinlari 42,1 ming gektarga va 2,9 ming gektar yerga poliz ekinlari ekiladi.
Joriy yilda viloyat boʻyicha 61 ming gektar yer maydonlari qayta oʻzlashtirish rejalashtirilgan boʻlib, amalda 5 ming 265 gektar maydonlarda amaliy ishlar boshladi. Bu yer maydonlariga 980 gektar moyli, 711 gektar sabzavot, 10 gektar poliz, 12 gektar kartoshka, 45 gektar dukkakli, 545 gektar ozuqa va 90 gektar dorivor ekinlar ekildi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.
Viloyatda yoshlarning oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishi uchun jami 9 ming gektar yer maydonlari ajratilishi tufayli, 55 ming nafardan ortiq yigit-qizning doimiy bandligi va daromad olishlari taʼminlash belgilangan edi. Shu kungacha 40 foiz yerlar 11 ming 614 nafar yoshlarga ajratilib, bu maydonlarga sabzavot, kartoshka, poliz, dukkakli va moyli ekinlari ekildi.