Toshkent viloyatida inson hayoti saqlab qolindi

    Joriy yilning 21-yanvar kuni soat 18:44 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

    Qayd etilishicha, Piskent tumani "Namuna" mahallasi hududida harakatlanib ketayotgan "UAZ" yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi ariqqa tushib ketgan.

    Hodisa oqibatida avtomashina haydovchisi yuk mashina saloni ichida qisilib qolgan.

    Zudlik bilan aytilgan manzilga Olmaliq yong‘in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari yetib borib, maxsus asbob-anjomlar yordamida haydovchini mashina salonidan chiqarib olgan va birinchi tibbiy hamda psixologik yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga yuborilgan.

    Tezkorlik bilan amalga oshirilgan sa’y-harakatlar natijasida bir inson hayoti saqlab qolindi.