Toshkent viloyatida jamoat transportlari infratuzilmasi rivojlantiriladi

    Joriy yilda viloyatda jamoat transportlari infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha qator taklif va muammolar ko‘rib chiqildi

    Unga ko‘ra avtostansiya, avtovokzal va oraliq bekatlarini qurish va rekonstruksiya qilish, “O‘zavtovokzalservis” DUKga qarashli mavjud 9 ta avtostansiyalarni DXSH asosida tadbirkorlarga berish tizimini joriy qilish, shaharlarda elektron tabloli mobil ilova ulangan 30 ta zamonaviy bekat qurish ko‘zda tutilmoqda.

    Xarid qilinadigan 100 ta avtobuslarni avtomatlashtirilgan elektron to‘lov tizimiga o‘tkaziladi.

    Viloyat markazi bilan hududlarni bog‘lovchi 7 ta ekspress avtobuslar yo‘nalishlarini ochish (natijada, 11 mln 340 ming nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi), aholi talabiga ko‘ra, Toshkent shahri va Toshkent viloyatini bog‘lovchi yangi yo‘nalishlarni ochish kabi vazifalar shular jumlasidandir.

    Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, Toshkent viloyatida bir kunda o‘rtacha 140 ming nafar fuqaro jamoat transportidan foydalanadi.

    230 ta xizmat ko‘rsatuvchi korxonaning moliyaviy imkoniyati qoniqarli darajada. Hozirgi kunda norentabel 5 ta yo‘lovchi tashish uyushmalarining 17 yo‘nalishi bo‘yicha ko‘rilgan zarar 1 mlrd. 611 mln. so‘mlik subsidiyalar hisobiga moliyalashtirildi.