Toshkent viloyatida kichik quyosh elektr stantsiyasi qurilishi boshlandi

    Energetika 20 Yanvar 2021 967

    Energetika vazirligi tomonidan Koreya energetika agentligining (KEA) begʻaraz mablagʻlari hisobiga “Oʻzbekiston Milliy elektr tarmoqlari” AJ bazasida kichik quyosh elektr stansiyasining qurish loyihasini amalga oshirish ishlari boshlandi.

    Koreya energetika agentligi bilan hamkorlikda Yuqori Chirchiq tumanining “Nurli zamin” MFY hududida 40 kVt quvvatga ega kichik fotoelektr stansiyasi qurish loyihasini amalga oshirilishi boshlandi.

    Kichik quyosh elektr stansiyalarining qurilishida ijtimoiy sohaga alohida eʼtibor qaratilib, mamlakatda energiya tejaydigan texnologiyalar va qayta tiklanadigan energiya manbalarini keng miqyosda joriy etishga hissa qoʻshiladi

    Energetika vazirligi

    Matbuot xizmati