Bu haqda Toshkent viloyati IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent viloyati Olmaliq shahar, A.Temur koʻchasida, haydovchi 2005-yilda tugʻilgan O.Sh “Nexia-3” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyidan yoʻlni kesib oʻtayotgan piyoda 1974-yilda tugʻilgan U.Ani urib yuborib yoʻl transport hodisasi sodir etgan.

YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan Olmaliq shahar IIB Tergov boʻlimi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.