Mazkur loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq amalga oshirilib, unga 240 million AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investisiyalar jalb etilgan.

Korxonada yiliga 912 ming tonna (kuniga 2,5 ming tonna) qattiq maishiy chiqindilar termik usulda qayta ishlanib, 390 million kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Bu Oʻzbekistondagi eng yirik ekologik korxona sifatida qaralmoqda.

Ayni paytda zavodning asosiy binosi uchun poydevor ishlari, hududni devor bilan oʻrash, vaqtinchalik modulli binolarni joylashtirish hamda asosiy texnologik uskunalarni xarid qilish ishlari rejaga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Loyihani jadallashtirish boʻyicha xorijiy investor hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda tizimli ishlar olib borilmoqda.