Bu haqda 7 fevarl kuni bo'lib o'tgan Sudyalar oliy kengashining yig‘ilishida ma'lum qilindi.

Qayd etilishicha, yig'ilishda Bosh prokurorning Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudi sudyasi T. O.ni Jinoyat kodeksining 210-modda 2-qismi (pora olish) bilan jinoiy javobgarlikka tortishga oid taqdimnomasi muhokama qilingan.

Yakunda Kengash xulosasi bilan T.O.ni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berilgan.

Biroq, tergov siri va aybsizlik prezumpsiyasi talablaridan kelib chiqib, boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.