Okrug saylov komissiyasi raisi Ulugʻbek Toʻxtayev hududda saylovga tayyorgarlik boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida maʼlumot berdi.

Barcha hududlarda boʻlgani kabi Toshkent viloyatida ham Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish, siyosiy jarayonni milliy qonunchiligimiz va xalqaro talablar asosida oʻtkazish kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratilgan.

Ayni paytda okrug saylov komissiyasi binosida saylov jarayonlarini tashkil etish, okrug saylov komissiyasi aʼzolari faoliyati uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Internet tarmogʻi va boshqa qulayliklar mavjud. Xususan, viloyat okrug saylov komissiyasi huzurida matbuot markazi tashkil etilgan.

Toshkent viloyati okrug saylov komissiyasi faoliyati bilan tanishish davomida kelgusida amalga oshirish lozim boʻlgan vazifalar aytib oʻtildi.