DXXning Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat IIBB xodimlari hamkorligida Ohangaron tumani, Angren va Olmaliq shaharlarida oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida 9 nafar fuqaroning uy-joylari koʻzdan kechirildi.

Natijada jami 17,5 tonna tarkibida qimmatbaho metall boʻlgan qum va toshlar, ularga ishlov berishda foydalaniladigan asbob-uskunalar, 135 gramm oltin, 25 gramm marixuana, 1 dona ov quroli hamda 42 dona oʻq-dori ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda musodara qilingan ashyoviy dalillar ekspertizaga yuborilgan boʻlib, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.