Hujjatga asosan, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Turkiyaning Cengiz Enerji (investor) va Cenergo (loyiha kompaniyasi) oʻrtasida investitsiya bitimi imzolangan.

Shuningdek, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” (OʻMET) AJ va Cenergo oʻrtasida elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlangan. Shartnomaga muvofiq, Cenergo ishlab chiqarilgan elektr energiyasini OʻMETga sotishni, OʻMET esa uni 25 yil davomida kafolatlangan tarzda sotib olishni oʻz zimmasiga oladi.

Prezidentning Toshkent viloyatida 850 MVt quvvatga ega IES qurish toʻgʻrisida»gi 2019-yil 13-apreldagi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topildi.