Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent viloyatida "Oʻzenergoinspeksiya" Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor nazorat tadbirlarida isteʼmolchilarning shartnoma va loyiha hujjatlarisiz oʻzboshimchalik bilan tarmoqqa toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
Xususan, oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida Chinoz tumanida joylashgan Neftni qayta ishlash zavodi (271,1 mln soʻm), Zangiota tumanida joylashgan “Sh.-B. A." fermer xoʻjaligi (209,6 mln soʻm) hamda Oʻrta Chirchiq tumanida fuqaro M.A. ga qarashli fermer xoʻjaligi (208 mln soʻm) tomonidan jami 688 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani maʼlum boʻldi.
Hozirda holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.