Unda yangi investitsion loyihani amalga oshirish, zamonaviy kiyimlar ishlab chiqarish va yangi ish oʻrinlari tashkil etish masalalari koʻrib chiqildi.
Dastlab xorijlik investorlar tomonidan korporatsiya faoliyati, ular tomonidan soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha maʼlumot berildi. Xususan, 40 yildan koʻproq vaqt mobaynida tayyor tikuv mahsulotlari, poyabzal va turli xildagi texnik tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida dunyodagi “birinchi raqamli” korporatsiya hisoblanadi. Shu bilan birga, “NIKE”, “ADIDAS” va “LACOSTE” kabi dunyoning eng taniqli brendlariga tayyor kiyim-kechak yetkazib berib, yillik eksport hajmi 3 milliard dollarga teng.
Unga koʻra, Boʻka tumanida zamonaviy, tayyor kiyim ishlab chiqarish fabrikasini qurish loyihasi uchun 6 million dollar investitsiya ajratiladi. Buning natijasida 700 ta yangi ish oʻrini yaratiladi. Hozir hududda birinchi bosqich ishlab chiqarish tarmoqlari ishga tushirilgan boʻlib, 200 ta ish oʻrni yaratilgan. Joriy yilning uchinchi choragi va 2022-yilda esa qolgan bosqichlardagi ishlab chiqarish tarmoqlari foydalanishga topshiriladi.
Uchrashuvda davlat tomonidan loyihani amalga oshirish uchun barcha sharoit yaratib berilishini taʼkidlandi, hamkorlikning kelgusi istiqbollari boʻyicha fikr almashdi, deb xabar beradi Toshkent viloyat hokimligi matbuot xizmati.