Festivalda Respublikaning 12 viloyatidan fermer xo'jaliklari, ekoturizm yo'nalishidagi tadbirkorlar va turli xil tabiiy ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalar ishtirok etadi. Har bir hudud o'z eko, agro, gastroturizm salohiyatini namoyish etadi.
Tadbirda xorijiy va mahalliy mutaxassislar tomonidan mahorat darslari, biznes loyihalar, ekoturizm va uzumchilik sohasida erishilgan natijalar taqdimoti o'tkaziladi.