Bu haqida viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur aksiyada respublika va viloyat korxona tashkilot xodimlari rahbarlari, mas'ullar, nuroniylar, mahalla faollari, deputatlar, yoshlardan iborat 2000 dan ortiq ishtirokchilar 1000 tupdan ortiq manzarali va mevali daraxt ko'chatlarini ekishadi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida viloyatda yiliga 16 million tup daraxt va buta ko'chatlarini ekish, shu orqali hududlardagi yashil maydonlarni hozirgi 18 foizdan 40 foizga oshirish rejalashtirilgan.
2023-2024-yillarda viloyatning 50,8 gektar maydonida “Yashil jamoat parklari” tashkil etiladi. Bunda, 20 mingdan ziyod manzarali daraxt ko'chatlari ekiladi. Mazkur tadbirlarni amalga oshirishda viloyat xududidagi 6 ta O'rmon xo'jaliklaridagi ko'chatxonalarda parvarishlanayotgan 15 mln 568 ming tup, shuningdek, xususiy ko'chat etishtiruvchi 30 dan ortiq tadbirkorlik sub'ektlaridagi 10 million dona ko'chat zaxiralarimiz mavjud.














