Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali xodimlari tomonidan muntazam oʻtkazib borilgan reyd tadbirlari davomida 2022-yil yanvar-mart oylarida isteʼmolchilarning tabiiy gazdan foydalanish holatlari tahlil qilindi.

Shundan aholi isteʼmolchilari boʻyicha 17 ming 550 m3, ulgurji isteʼmolchilar boʻyicha 10 ming kubdan ortiq gaz noqonuniy va qoida buzarlik natijasida ishlatilib, yetkazilgan zarar miqdori qayta hisob-kitob qilingan.

Oʻrganishlar davomida viloyatdagi 700 dan ortiq xonadonda “aqlli” gaz hisoblagichni oʻzboshimchalik bilan olib qoʻyib, tamgʻalarning buzilish holati aniqlandi.

Bunday vaziyatlarda har bir qonun buzgan isteʼmolchiga oʻtgan davr uchun meʼyor asosida qayta hisob-kitob qilingan.

Rasmiylashtirilgan hujjatlar tegishli qonuniy chora koʻrish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan.

Hurmatli isteʼmolchilar, tabiiy gazdan foydalanishda qoidalarni buzmaslik, hisoblash uskunalaridan toʻgʻri foydalanish, nostandart gaz uskunalari va qoʻlbola moslamalarini ishlatmaslikni soʻrab qolamiz. Zero, bu bilan siz oʻzingiz va boshqalarning xavfsizligini taʼminlagan boʻlasiz.