Endilikda Toshkent viloyatidagi Ichki ishlar migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'linmalari bilan bir qatorda Nurafshon, Ohangaron, Chirchiq shahri va Zangiota tumani Davlat xizmatlari markazlari orqali ham ID-kartangizni rasmiylashtirishingiz mumkin.

Nurafshon shahar Davlat xizmatlari markazida fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi va egasining shaxsiy biografik ma'lumotlari, biometrik parametrlari kiritilgan elektron tashuvchi qurilmaga ega bo'lgan hujjat —ID-karta  berish boshlandi.   

DXA Toshkent viloyati boshqarmasi

matbuot xizmati