Sessiya ishida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Prezident Adminstratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomidinov ishtirok etmoqda.

Toshkent viloyati hokimi lavozimida ishlayotgan Rustam Xolmatov isteʼfoga chiqarilib, uning oʻrniga Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Davron Hidoyatov viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Shuningdek, sessiyada ayni paytga qadar Jizzax viloyati Doʻstlik tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Ulugʻbek Uzoqov Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

U 2018-yilning aprelidan to shu kungacha Jizzax viloyati Doʻstlik tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi. Unga qadar esa Jizzax viloyati hokimi ham boʻlgan.