Dengiz sathidan 1700 metr balandlikda sayohatchilardan birining sogʻligʻi keskin yomonlashib qoladi. Oʻzlari pastga tusha olmay, Toshkent viloyati FVBdan amaliy yordam soʻragan.

Qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam koʻrsatgan va sayohatchilarni pastga tushirishgan. Ularning ahvoli yaxshi boʻlganligi sababli kasalxonaga yotqizilmagan.