Toshkent xalqaro aeroporti chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan fosh qilingan mazkur holatda yoʻlovchi bojxona nazoratiga taqdim etmagan olmoslarning umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga koʻra 873 mln soʻmdan oshmoqda.

Hindistondan uchib kelgan yana bir yoʻlovchining bagajini koʻzdan kechirish davomida ushbu xorijiy fuqaro ham 57 dona turli oʻlchamdagi olmos toshlarini yashirincha olib kirishga uringani fosh boʻldi.

Bojxona nazoratiga taqdim qilinmagan qimmatbaho toshlarning qiymati dastlabki hisob-kitoblarga koʻra 942 mln. soʻmdan oshmoqda.

Eslatib oʻtamiz, respublikamiz bojxonachilari 2023-yilda aniqlangan 394 ta bojxona qonunbuzilishi holatlarida 32,4 mlrd. soʻmlik 163 kg zargarlik buyumlari, shu jumladan qimmatbaho toshlarning bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib oʻtilishining oldini olishdi.