“Toshkent-Xovos-Toshkent“ yoʻnalishida qatnovchi elektropoyezdlarining harakat jadvaliga oʻzgartirish kiritildi

    Transport 23 May 2025 964

    Shu yilning 21-may sanasidan 5-iyun sanasiga (2025-yil 3-iyun sanasidan tashqari) qadar 6412/6411–sonli “Toshkent-Xovos-Toshkent“ yoʻnalishida qatnovchi shahar atrofida yoʻlovchi tashish elektropoyezdlarining harakat jadvaliga texnik sabablarga koʻra oʻzgartirishlar kiritiladi.

    “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi“ AJ matbuot xizmatining xabar berishicha, 6412-sonli “Toshkent—Xovos“ Toshkent bekatidan Sirdaryo bekatigacha amaldagi jadval asosida, Sirdaryo bekatidan quyidagicha oʻzgartirish kiritildi.

    • Sirdaryo 11.05-11.13 — Xovos 12.37
    • 6411-sonli “Xovos -Tashkent“ yoʻnalishi:
    • Xovos 12.55 — Toshkent 16.10