Hududlar reytingida ikkinchi oʻrin Samarqand viloyatiga tegishli boʻlib, u yerda 9 400 ta yangi korxona taʼsis etilgan.

Oʻzbekiston boʻyicha 2021-yil yanvar-oktyabr oylarida jami 87,2 mingta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi. 2020-yilning muvofiq davriga nisbatan bu koʻrsatkich 7 606 birlikka oshgan, oʻsish esa 109,6 foizni tashkil qilgan.

2021-yil 1-noyabr holatiga faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning soni 77 514 taga oshgan. 2020-yilning muvofiq davri bilan taqqoslasak (462 584 ta), oʻsish surʼatlari 116,8 foizdan iborat.

Hududlar kesimida ushbu koʻrsatkich boʻyicha ham poytaxt yetakchilik qilyapti: 108 208 ta korxona faoliyat yuritayotgan boʻlib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish 115,2 foizni tashkil etadi.

2021-yil yanvar-oktyabr oylarida yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari soni boʻyicha ham poytaxt birinchi oʻrinda. Toshkentda 13 730 ta xususiy kompaniyalar tashkil qilingan boʻlib, bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 112,5 foizga koʻp.

Sohalar kesimida, oʻtgan yilga nisbatan, savdo sohasi eng yuqori darajani namoyon qildi – oʻsish 2 994 taga oshgan. Bundan soʻng yashash va ovqatlanish xizmatlari – oʻsish 1 121 taga, aloqa va axborotlashtirish boʻyicha xizmatlarda esa oʻsish 601 tani tashkil etdi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.