Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, taʼmirlash ishlari tufayli Yangihayot tumani Mashʼal MFY Birlik koʻchasida 26-sentyabr kuni soat 10-00 dan soat 17-00 ga qadar tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatildi.

Aholi isteʼmolchilari soni – 135 ta

Ulgurji isteʼmolchilari soni – 2 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi, — deyiladi xabarda.