Toshkent zilzilasi haqida badiiy film suratga olinadi

    Loyiha Rossiyaning “Mars Media” kinostudiyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi

    XIV Toshkent xalqaro kinofestivalining biznes-dasturi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi va Rossiyaning “Mars Media” kinostudiyasi oʻrtasida qoʻshma hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumni imzolash doirasida 1966-yilda sodir boʻlgan Toshkent zilzilasi haqida badiiy film suratga olish borasida kelishuvga erishildi.

    “Memorandumning imzolanishi kinematografiya sohasidagi hamkorligimizni rivojlantirish, qoʻshma loyihalar ishlab chiqarish yoʻlida muhim qadam boʻldi. Bu yil biz faqat biznes-forumda qatnashamiz, ammo yaqin kelajakda kinofestivalning tanlovlari va boshqa dasturlarida ham ishtirok etamiz degan umiddamiz”, dedi “Mars Media” ijrochi direktori Yuliya Ivanova.

    Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov kino sohasidagi hamkorlikni bunday keng koʻlamda kengayishi davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan siyosat, kinematografiya sohasiga qaratilayotgan eʼtibor tufayli amalga oshirilganini alohida taʼkidlab oʻtdi.