Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, bugun tungi soat 02:00 larda Sergeli tumani Mehrigiyo-Mirzo Tursunzoda koʻchalari chorrahasida haydovchi 2001-yilda tugʻilgan D.U. boshqaruvidagi “Spark” rusumli transport vositasi va 1997-yilda tugʻilgan L.A. boshqaruvidagi “Matiz” transport vositalari toʻqnashgan.