Toshkentda 30 yoshgacha boʻlgan 1 000 nafar qiz SMM sohasida bepul oʻqitiladi

    Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan uzoq kutilgan “Toshkent yoshlarni sevadi” anʼanaviy loyihasiga start berilmoqda. Ushbu loyiha doirasida 1 000 nafar qiz SMM sohasida bepul oʻqitiladi.

    Maʼlum qilinishicha, loyihaning bu yilgi mavsumi mutlaqo boshqacha va oʻziga xos boʻlishi kutilmoqda.

    Ayniqsa, joriy mavsumda qizlarning zamonaviy kasblarni oʻrganishlari uchun bepul SMM darslari yoʻlga qoʻyilishidan tortib, juda koʻplab amaliy tashabbuslar ilgari surilmoqda.

    Shuningdek, poytaxt qizlarini zamonaviy kasblarga oʻqitib, bandligini taʼminlash va eng asosiysi, ularni daromadli qilish maqsadida Toshkentda istiqomat qiluvchi 30 yoshgacha boʻlgan 1 000 nafar qiz “Toshkent yoshlarni sevadi” loyihasi doirasida SMM sohasiga mutlaqo bepul oʻqitiladi.

    Bunda qizlar oʻzlarining yashash hududiga yaqin boʻlgan oʻquv markazida:

    • ijtimoiy tarmoqlarni yuritish;
    • targeting va maqsadli auditoriya tahlili;
    • grafik kontent yaratish;
    • kopirayting;
    • mobilografiya
    • B2B sotuvlar;
    • shaxsiy brend;
    • portfolio yaratish va boshqa bilimlarni offlayn tarzda oʻrganishadi.

    Shuning bilan birga, Toshkent shahar hokimligi qizlarni “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida yoʻlga qoʻyilayotgan ushbu imkoniyatdan unumli foydalanishga, SMMʻni oʻrganishga va kopirayter, kontent menejer, mobilograf, virtual yordamchi, SMM mutaxassisi, targetolog sifatida uyda ham daromad topishga daʼvat etmoqda.

    Ushbu tadbirkorlik yoʻnalishida xotin-qizlar onlayn kiyim doʻkoni ochishi, onlayn kurslar yaratishi yoki oʻz blogini yurgizib, biznesni rivojlantirishlari mumkin!

    Roʻyxatdan oʻtish 25-oktabrgacha amalga oshiriladi.