Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda 16 yoshli qiz janjal sabab binoning 3-qavatidan o'zini tashlaganligi haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur xabar Bosh prokuratura tomonidan o'rganilib, holat yuzasidan rasmiy ma'lumotlar berildi.
Aniqlanishicha, 5-aprel kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashovchi 9-sinf o'quvchisi X.M. (16 yoshli qiz) yashab kelayotgan uyning 3-qavatida balkon oynasini artayotgan vaqtida ehtiyotsizligi oqibatida yiqilib tan jarohat olgan.
X.M.ga darhol tez tibbiy yordam ko'rsatilib, shifoxonaga olib ketilgan. Hozirda voyaga yetmagan X.M.ning ahvoli yaxshiligi aytildi.
Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Hozirda Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.