Toshkentda 2 nafar yigit nogiron bolaning pullarini olib qochib, talonchilik qildi

    Voqea-hodisalar 13 Iyun 2025 659

    Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Qayd etilishicha, shu yilning 12-iyun kuni taxminan soat 18.15 larda Shayxontohur tumanida joylashgan dehqon bozoridagi avtoturargohda 1997-yilda tugʻilgan B.S. va 2000-yilda tugʻilgan X.A. piyoda ketayotgan 2003-yilda tugʻilgan K.Xga nisbatan talonchilik sodir etishgan.

    Maʼlumotlarga koʻra, K.Xning qoʻlidagi qora rangli paket va ichidagi pullarni ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, voqea joyidan qochib ketishgan.

    Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan (“Talonchilik”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov davom etmoqda.