Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmatining maʼlum qilishicha, “Lacetti” haydovchisi 2002-yilda tugʻilgan B.X. mast holatda rul boshqaruvini yoʻqotishi oqibatida 1984-yilda tugʻilgan S.M. boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli transport vositasi, 1998-yilda tugʻilgan B.Q. boshqaruvidagi “BYD”rusumli transport vositasi, 2001-yilda tugʻilgan A.E. boshqaruvidagi “Spark”rusumli transport vositasi, 1998-yilda tugʻilgan I.M. boshqaruvidagi “BYD”rusumli transport vositalari oʻzaro toʻqnashgan.
YTH oqibatida “Spark” rusumli avtomashina haydovchisi 2001-yilda tugʻilgan A.E. va yoʻlovchisi 2000-yilda tugʻilgan F.U.ga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.