Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Shu yilning 18-sentyabr kuni tungi soat 00:30 larda Chilonzor tumani KXAY-Qatortol koʻchalari chorrahasida haydovchi 1993-yilda tugʻilgan K.D. boshqaruvidagi “Nexia-2” rusumli avtomashinasi, haydovchi 2003-yilda tugʻilgan Y.A. boshqaruvidagi “Malibu-1” rusumli avtomashinasi, haydovchi 1995-yilda tugʻilgan Sh.A. boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashinalari toʻqnashishi oqibatida yoʻl transport hodisasi sodir boʻldi.

YTH oqibatida “Cobalt” rusumli avtomashina haydovchisi tan jarohat olgan.

Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.