Toshkentda ayol 4 nafar chaqaloqni dunyoga keltirdi. Bu haqda "Millar" dasturi xabar qildi.

Yosh oila asli Surxondaryodan boʻlib, chaqaloqlar shifokor koʻrigida boʻlishi uchun ular Toshkentga kelgan.

Er-xotinning 2 yoshli qiz farzandi boʻlgan. Hozir esa farzandlarining soni 5 nafarni tashkil qilmoqda.

Bolalar ikki oʻgʻil va ikki qiz. Ularga Muhammad, Mustafo, Sumaya va Safiya ismlari qoʻyildi. Ayni vaqtda ular sogʻlom.