Toshkentda harbiy parad oʻtkaziladi

    Shu yilning 5-yanvar kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33-yilligi munosabati bilan Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya harbiy boʻlinmalarining namoyishkorona piyoda yurishlari oʻtkaziladi.

    Maʼlum qilinishicha, Parad “Gʻalaba bogʻi”dan boshlanib, Magic Cityʻgacha davom etadi. Shuningdek “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida soat 10:30 da faxriy qorovul jamoasi va qoʻl jangi ustalarining koʻrgazmali chiqishlari boʻlib oʻtadi.

    Harbiy boʻlinmalar “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi (Sagʻbon va Zarqaynar koʻchalari orqali) — Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyi — “Chorsu” bozori — Toshkent sirki (Zarqaynar koʻchasi) — “Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyi (Oʻzbekiston shoh koʻchasi va Furqat koʻchasi) — Magic City maydoni (Fuqat koʻchasi) yoʻnalishi boʻylab harakatlanadi. Magic City toʻxtash nuqtasida faxriy qorovul jamoasi va qoʻl jangi ustalarining koʻrgazmali chiqishlari, boʻlinmalarning jangovar chaqirigʻi, harbiy orkestrning defile namoyishlari ijro etiladi.

    — Parad munosabati bilan 5-yanvar kuni quyidagi koʻchalarda soat 11:00 dan 13:00 gacha vaqt oraligʻida avtotransport vositalari harakati cheklanadi:
    — Qora qamish-Sagʻbon koʻchalari chorrahasidan Sagʻbon koʻchasi boʻylab KXAY-Sagʻbon koʻchalari kesishgan chorrahasigacha;
    — KXAY-Sagʻbon koʻchalari chorrahasidan Sagʻbon koʻchasi boʻylab Nurafshon-Sagʻbon koʻchalari kesishgan chorrahasigacha;
    — Nurafshon-Sagʻbon koʻchalari chorrahasidan Sagʻbon koʻchasi boʻylab Farobiy-Sagʻbon koʻchalari kesishgan chorrahasigacha;
    — Zarqaynar-Sagʻbon koʻchalari aylanma harakatidan Zarqaynar koʻchasi boʻylab Zarqaynar-Alisher Navoiy koʻchalari kesishgan chorrahasigacha;
    — Zarqaynar-Alisher Navoiy koʻchalari kesishgan chorrahasidan Furqat koʻchasi boʻylab Furqat-Islom Karimov koʻchalari kesishgan chorrahasigacha;— Furqat-Islom Karimov koʻchalari kesishgan chorrahasidan Furqat koʻchasi boʻylab Furqat-Beshyogʻoch koʻchalari kesishgan chorrahasigacha.