Jumladan, Toshkent shahri aholisidan va korxonalardan kelib tushgan murojaatlar asosida 2021-yil 12-mart kunidan boshlab, 36, 52, 59, 78, 184-sonli avtobus yoʻnalishlari faoliyatiga oʻzgartirishlar kiritiladi.
- 36-sonli “TTZ ASHB - Zenit zavodi” avtobus yoʻnalishi harakati Zenit zavodi bekatidan Tiklanish mahallasi hududigacha uzaytiriladi;
- 52-sonli “Yunusobod 17-dahasi – Chorsu savdo markazi” avtobus yoʻnalishi mazkur yoʻnalishda xizmat koʻrsatgan xususiy korxonaning tashabbusi asosida yopiladi;
-59-sonli “Sergeli 12-dahasi – Karvon bozori” avtobus yoʻnalishidagi jadvallar soni 7 tadan 8 taga (+1) oshiriladi;
- 78-sonli “Beruniy metrosi – Toshkent vokzali” avtobus yoʻnalishining harakati Iftihor, M.Turgʻunboyeva, Bogʻi ravon, Usta Shirin koʻchalari orqali ikki tomonlama qisman oʻzgartiriladi;
- 184-sonli “Binokor qoʻrgʻoni – Qipchoq ASHB” avtobus yoʻnalishining harakati “Qipchoq” soʻnggi bekatidan Qipchoq, Yangi Sergeli yoʻli, Soʻgʻdiyona, Fayzli, Obihayot, Fayzli koʻchalari orqali “Sergeli 4-dahasi”gacha uzaytiriladi.
Maʼlumot uchun, 2021-yil 10-mart kunidan boshlab:
- 12-sonli “Qoʻyliq dehqon bozori – Boshliq mavzesi” avtobus yoʻnalishining ikki tomonlama harakati Fargʻona yoʻli koʻchasidan Tollimarjon, Sarikoʻl, Yangi zamon, A.Fitrat, A.S.Banokatiy, G.Aliyev, Temiryoʻlchilar, Sarikoʻl, KHY, Turkiston, T.Shevchenko, Nukus koʻchalari orqali keyingi harakati oʻz yoʻnalishini davom ettirgan holda oʻzgartirildi;
- Yangi 196-sonli “Obod makon majmuasi – Gulobod koʻchasi” avtobus yoʻnalishi tashkil etildi. Ushbu yoʻnalishda 2 ta Isuzu rusumli avtobuslar “Obod makon” majmuasi aholisi bilan kelishilgan holda maxsus ishlab chiqilgan harakat jadvallari asosida harakatlanadi.
